Kutilmagan xabar: Shimoliy Koreya diplomatik faoliyatni yo‘lga qo‘ymoqchi
Olam
−
28 mart 2023
17136Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatni uch yilga blokirovka qilganidan beri diplomatik faoliyatini qayta tiklashga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In koronavirus pandemiyasi davrida uch yil davomida yopilgan yakkalangan mamlakatni bosqichma-bosqich qayta ochishni reja qilgan.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya 45 dan ortiq mamlakatlarda elchixonalariga ega va koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya va Shvetsiya kabi 20 dan ortiq davlatning diplomatlari Pxenyanda bo‘lgan. Biroq ularning aksariyati 2020 yilning birinchi oylarida mamlakatni tark etgan, chunki davlat virus kirib kelishining oldini olish uchun o‘z chegaralarini yopgan. Kim Chen In topshirig‘i asosida yaqin oylarda xorijiy elchilarni rotatsiya qilish boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadro salohiyatini oshirish maqsadida yadro quroli uchun materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurgan edi. Bundan tashqari, 25-27 mart kunlari Shimoliy Koreya Milliy mudofaa akademiyasi strategik suv osti qurollari tizimining navbatdagi sinovini o‘tkazgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi