Kurskda dron hujumi tufayli yettita aholi punkti zarar ko‘rdi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlariga qarashli uchuvchisiz samolyot Rossiyaning Kursk viloyatidagi elektr podstansiyasiga portlovchi moslamani tashlab yubordi. Bu haqda Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida yettita aholi punkti elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

“Voqea ertalab Korenevskiy tumani Snagost qishlog‘ida sodir bo‘ldi”, deydi viloyat rahbari. 

Starovoytning bildirishicha, hujum paytida aholidan hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish apparati Kurskdagi ma’muriy binoga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kursk Dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing