Ko‘ngillining o‘limiga Xitoy vaksinasi sabab bo‘lmagani aytildi

Olam

image

Avvalroq, Braziliyada Xitoyning “Koronavak” vaksinasining klinik sinovlari o‘ta ko‘ngilsiz hodisadan keyin to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabar bergandik. 

Bunga klinik sinovlar paytida ko‘ngillilardan biri vafot etgani sabab bo‘lgandi. 

Keyinchalik, ko‘ngillilardan birining o‘limiga vaksina sabab bo‘lmagani aytildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qilgan. 

“Biz xabarga e’tibor qaratdik. Ushbu hodisaning vaksinaga hech qanday aloqasi yo‘q”, degan Van Venbin.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqaruvchi kompaniya “ushbu masala bo‘yicha Braziliya tomoni bilan muntazam muloqotda bo‘lib turibdi”.

Sinovlarni nazorat qilayotgan Butantan instituti rahbari Dimas Kovas ham ko‘ngillining o‘limi ushbu vaksina sinovlari bilan bog‘lanmaganini aytgandi. 

Qayd etilishicha, Xitoyning “Koronavak” vaksinasi klinik sinovi Turkiya va Indoneziyada ham o‘tkazilyapti. Ammo u yerda sinovlar to‘xtatilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

VAKTsINA

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing