Kuchli zilzila sodir bo‘lgan Gaitiga to‘fon yaqinlashmoqda
Olam
−
17 avgust 2021
5070Zilziladan talofat ko‘rgan Gaiti yana bir tabiiy ofat xavf solyapti. “Greys” tropik bo‘roni Gaiti hamda Dominikan Respublikasi joylashgan orolga yaqinlashmoqda. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashri yozyapti.
Gaitining janubiy qirg‘oqlariga bo‘ron yaqinlashayotgani sababli kuchli yomg‘ir boshlangan. Joriy yilning 14 avgust kuni yuz bergan 7,2 balli zilziladan zarar ko‘rgan joylarda esa toshqinlar boshlanib, gumanitar inqirozni kuchaytirgan.
Ma’lumot uchun, Gaitida shanba kuni qayd etilgan 7,2 balli zilzila oqibatida hozirgacha 1419 kishi halok bo‘lgani, 6900 kishi yaralangani va 37 ming 312 ta uylar vayron bo‘lganini hukumat tasdiqlagan. Talafot ko‘rgan binolar orasida o‘nlab cherkovlar, mehmonxonalar, uylar va maktablar bor. Ularning ba’zilari vayron bo‘lgan.
Gaiti rasmiylari qurbonlar soni oshishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
LiveBarchasi