Kuba boks maktabining siri nimada? So‘z KBF prezidentiga

Intervyu

image

Kuba boks federatsiyasi (KBF) prezidenti Alberto Puig mamlakat boks maktabining strategiyasi, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va o‘zbek bokschilarining mahorati haqida gapirdi. 

“Kuba boks maktabining o‘ziga xos strategiyasi bor. O‘zbekiston singari har bir terma jamoani o‘rganamiz. Murabbiylar tomonidan intizomga juda katta etibor qaratiladiva sportchilarga boksga oid ta’lim beriladi. Bokschilar yuqori natijalarga erishgunicha, sportga oid metodlarning barchasini o‘zlashtirishi kerak, ana shundagina u ko‘zlagan marrasiga erisha oladi. Shuningdek, Kubada iqtisodiy ta’minotga jiddiy yondashiladi. Shuning uchun, Olimpiya o‘yinlarida kubalik bokschilar 78 ta medalni qo‘lga kiritgan. Asosan kichik vazn toifalarida yaxshi natijalar qayd etganmiz va boks allaqachon milliy sportimizdek bo‘lib qolgan.

Umumiy jihatdan o‘zbek bokschilari yuqori saviyali jangchilardir. Masalan, Bahodir Jalolov juda ajoyib jang uslubiga ega va o‘z toifasida birinchi raqamlisi. Yosh bokschilarda ham kuchli ishtiyoq sezilib turibdi. Eng muhimi O‘zbekiston va Kuba terma jamoasi vakillari juda samarali va to‘g‘ri mashg‘ulot olib borishyapti.”, deydi Puig. 

Shuningdek, 69 yoshli mutaxassis “Yangiobod” mashg‘ulot bazasida o‘tkazilayotgan yig‘in va sharoitlarni baholadi:

“O‘zbek bokschilarining barchasi yuqori darajada jang o‘tkazadi. Biz tajriba almashish va Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yurtingizga keldik. 10 kunlik mashg‘ulot o‘tkazgach, Jahon chempionatiga jo‘nab ketamiz. Umid qilamizki, 2023 yilgi O‘zbekistonda o‘tkaziladigan mundialda ishtirok etamiz va o‘shanda bizda taqqoslash imkoniyati bo‘ladi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yuqori darajada tashkillashtirilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va boks federatsiyasiga, murabbiylardan tortib barcha bokschilar hamda OAV xodimlariga minnatdorligimizni bildiramiz, o‘zimizni uyimizdagidek his qildik”.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari va Osiyo chempioni, Jahon chempionati finalchisi Hasanboy Do‘smatov joriy yilgi dunyo birinchiligi oldidan o‘zi imkoniyatlarini baholagan edi.

Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha Jahon chempionati joriy yilning 24 oktyabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Bahodir Jalolov AIBA Jahon chempionati Kuba Al'berto Puig Kuba boks federatsiyasi

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing