Krokus terakti Rossiyaga nisbatan nafratni ifoda etyapti – Patrushev

Olam

image

“Krokus Siti Holl”dagi terakt Rossiyaga nisbatan g‘ayriinsoniylik va qattiq nafratning yorqin namunasi bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Arxangelskda o‘tgan Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda so‘z ochdi.

“Mamlakatimizga nisbatan g‘ayriinsoniylik, shafqatsiz nafratning yorqin namunasi 22 mart kuni “Krokus Siti Holl” da sodir bo‘lgan va ko‘plab qurbonlarga olib kelgan teraktdir”, deydi u.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 144 nafarga yetgan, 551 kishi jarohat olgan. Ukraina chegarasi tomon qochishga uringan teraktning to‘rt nafar jinoyatchisi qo‘lga olinib, qamoqqa olingan. Hujumchilarning sheriklari ekani taxmin qilingan yetti kishi ham ushlangan. 

Mahalliy matbuotning Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevga tayanib yozishicha, tergov “Krokus Siti Holl”dagi teraktning bevosita aybdorlari va ukrainalik millatchilar o‘rtasidagi aloqani tasdiqladi va protsessual jihatdan mustahkamlagan. 

“Tekshiruv davomida ushbu teraktning bevosita ijrochilari va ukrainalik millatchilar o‘rtasidagi aloqalar tasdiqlandi va protsessual jihatdan o‘rnatildi”, deydi u.

Patrushevga ko‘ra, “Krokus Siti Holl”dagi teraktning barcha tashkilotchilari va ijrochilari, ularning sheriklari va ular bilan aloqador bo‘lgan boshqa shaxslar qayerda yashiringan bo‘lishidan qat’i nazar, munosib jazoga tortiladi. 

“Ushbu dahshatli qonli teraktning aybdorlari, sheriklari, tashkilotchilari, boshqa aloqador shaxslar, qayerda yashiringan bo‘lishidan qat’i nazar, jinoyat izlarini qanday chalg‘itishga urinmasin, munosib jazoga tortiladi”, deydi Patrushev.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda. FXX dastlab teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlardan to‘rt nafari Tojikiston fuqarosi haqida xabar berildi. FXX 31 mart kuni Dog‘istonda terakt tayyorlashda gumon qilingan to‘rt nafar xorijlikni qo‘lga oldi. Hibsga olinganlardan biri terakt ishtirokchilariga qurol va pul berganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva sudi "Krokus" konsert zaliga hujum qilishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi Yoqubjon Yusufzodani hibsga olgandi. Keyinchalik FXX xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida teraktga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Krokus Siti Holl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing