Kreml Isroilda kuchaygan mojarodan Ukrainaga qarshi foydalanmoqda – ISW

Olam

image

Kreml AQSH va G‘arbning Ukrainaga ko‘magi va e’tiborini kamaytirishga qaratilgan bir qancha axborot operatsiyalarini ilgari surish uchun Isroildagi Hamas hujumlaridan foydalangan va bundan keyin ham foydalanishda davom etadi. Bu haqdagi fikrni Amerika urushni o‘rganish instituti o‘z tahlilida bildirdi.

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiya ishlariga aralashish va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan ko‘ra “Falastin-Isroil kelishuvi” ustida ishlash bilan band bo‘lishi kerak. 

Rossiyalik targ‘ibotchi Sergey Mardan esa keskinlikdan Rossiya foyda ko‘rishini ochiqchasiga ta’kidlagan, chunki dunyo Ukrainadan bir qancha vaqt o‘zini chalg‘itadi va yana Yaqin Sharqdagi mangu alangani o‘chirish bilan band bo‘ladi.

Institutga ko‘ra, Rossiya axborot makonidagi bir qancha asosiy manbalar o‘zlarining kundalik hisobotlarini Isroildagi vaziyatga qaratdi, bu esa yaqin kunlar yoki haftalarda Ukrainadagi urush atrofidagi axborot muhitiga ta’sir qilishi mumkin.

Shuningdek, “The Wall Street Journal” Falastinning Hamas guruhi va “Hizbulloh”ning yuqori martabali vakillariga tayanib, Isroilga hujumni tayyorlashda Eron razvedka xizmatlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini yozgan.

“HAMAS jangchilarining Isroilga hujumi Eron razvedka xizmatlari yordamida bir necha hafta oldin rejalashtirilgan edi”, deb yozgan gazeta.

Aytilishicha, Eron rasmiylari o‘tgan hafta Bayrutda falastinlik jangarilar bilan uchrashuv chog‘ida hujumga yashil chiroq yoqqan. Oq uy esa Tehronning hujumga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni hali ko‘rmaganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro qurbonlari soni 1100 ga yaqinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Ukraina Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing