Kreml Bayden va’dasini bajarganiga shubha bildirdi 

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga butun dunyo bo‘ylab xakerlarni qo‘lga olish haqida bergan va’dasini bajarganini aytgandi.  

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenning aytganlariga munosabat bildirib, Moskvada ushbu bayonot bo‘yicha batafsil ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi. 

“Bizda batafsil ma’lumot yo‘q va bu holatda biz hech qanday izoh bermaymiz”, deydi Kreml vakili. 

AQSH Prezidentining bayonoti Amerika bosh prokurori va Adliya vaziri Merrik Garlend Qo‘shma Shtatlar xakerlik hujumlarida gumonlanayotgan rossiyalik Yevgeniy Polyaninga qarshi ayblovlar qo‘yganini aytganidan keyin yangradi. 

Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida kiberjinoyatchilik bo‘yicha muloqot davom etmoqda, tomonlar unga qarshi kurashish zarurligi haqida kelishib olgan. 

“Jenevadagi sammitda erishilgan kelishuvlar davomi sifatida ikki tomonning kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha vakolatli idoralari ishtirokida ikki tomonlama maslahatlashuvlar mexanizmi ishga tushirildi va bu muloqot davom etmoqda”, degan Peskov. 

Ikki davlat xizmatlari bir-birining ishiga qanchalik singib ketganligi haqidagi savolga javob berar ekan, Peskov “xizmatlarni bir-birining ishiga singdirib bo‘lmaydi, xizmatlar kelib tushgan so‘rovlarni muhokama qiladi va kerak bo‘lganda aniq vaziyatlarni tahlil qiladi”, deb ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika Prezidenti Jo Bayden bilan kelasi yil boshida uchrashishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Bayden

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing