Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetik sulh bo‘yicha aniq kelishuv yo‘q – Kreml
Olam
−
16:23 268 2 daqiqa
Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetik sulh bo‘yicha kelishuv hozircha aniq emas. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Ukraina infratuzilmasiga berilayotgan zarbalar davom etayotgani haqidagi savoliga javoban ma’lum qildi.
“Energetik sulhning doirasi qanday belgilangan, bu nimani anglatadi? Bu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda”, deydi Peskov.
Bugun, 14 oktyabr ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga qilingan tungi zarbalar haqida hisobot bergan. Ma’lum bo‘lishicha, hujum davomida mamlakat energetika infratuzilmasining yettita ob’ekti nishonga olingan. Kiyevda Rossiya harbiylarining nishoni Darnitsa 4-IES va Kiyev 5-IES, Kiyev viloyatida – Kiyev 6-IES, Tripole IES va “Kiyevskaya” elektr podstansiyasi bo‘lgan. Xarkov va Xarkov viloyatida – Xarkov 5-IES va Zmiyev IES nishonga olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetik sulh o‘rnatilayotganini va har ikki tomon unga rioya qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Kreml shundan so‘ng ushbu masala bo‘yicha muloqotlar bo‘lganini tasdiqladi, ammo kelishuvga erishilgan-erishilmagani va u qaysi shartlarda ekaniga aniqlik kiritmadi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun esa Tramp e’lon qilgan sulh “yangilik bo‘lgan”. Shunga qaramay, Ukraina yetakchisi mamlakat Qurolli kuchlariga Rossiya energetikasiga berilayotgan zarbalarni to‘xtatishni topshirgan va Moskva ham hujumlardan voz kechishiga umid bildirgan. Keyingi uch kun davomida otishmalar davom etganidan so‘ng, Zelenskiy “Rossiya hech qachon AQSHga nisbatan bunchalik namoyishkorona hurmatsizlik ko‘rsatmagan edi”, deb bayonot bergan.
Live
Barchasi