Kreml Trampning Ukrainani Rossiya dizel ob’ektlariga zarba bermaslikka chaqirig‘ini olqishladi
Olam
−
09:41 458 2 daqiqa
Kreml AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukrainani Rossiyada dizel yonilg‘isi ishlab chiqaruvchi ob’ektlarga hujumlarni to‘xtatishga chaqirganini olqishladi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Tramp 13 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaning dizel infratuzilmasiga zarbalar berishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Uning aytishicha, bunday hujumlar dunyoga zarar yetkazayotgan dizel yoqilg‘isi tanqisligiga olib kelmoqda.
So‘nggi oylarda Ukraina Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga uzoq masofali dronlar orqali qator hujumlarni amalga oshirdi. Bu Rossiyada yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmini kamaytirib, mamlakat bo‘ylab, jumladan, benzin tanqisligini keltirib chiqardi.
Ukraina Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilish orqali Moskva uchun mamlakatning Ukrainaga bosqinini davom ettirish xarajatlarini oshirishga harakat qilayotganini bildirmoqda.
“Kiyev rejimini fuqarolik iqtisodiy infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga qaratilgan har qanday chaqiriqni faqat olqishlash mumkin”, degan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan kundalik selektor yig‘ilishida.
Rossiyaning ko‘plab hududlarida benzin tanqisligi kuzatilmoqda. Yoqilg‘i taqchilligi joriy iyl 18–20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari arafasida mamlakatdagi kayfiyatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Peskovning ta’kidlashicha, jahon energetika bozorlaridagi vaziyat asosan “Fors ko‘rfazi mintaqasidagi beqarorlik va keskinlikning yangi to‘lqinlari” sabab yomonlashmoqda. U Rossiyada dizel yoqilg‘isi eksportiga joriy etilgan taqiq ichki bozordagi vaziyatni yaxshilashiga yordam berishi kerakligini ham aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi