Koronavirusga chalingan Prezident shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Koronavirusga chalingan Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Prezident ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan. 

"Koronavirus yuqtirib, uyda davolanayotgan Prezident Armen Sarkisyan shifoxonaga yotqizildi", deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Xabarda davlat rahbarining tana harorati yuqoriligi va unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgani haqida ham ma’lumot berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi. 

Armen Sarkisyan 2018 yilda respublika Prezidenti etib saylanishidan oldin turli yillarda Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. Prezident oilasining bir qismi hali ham Buyuk Britaniyada yashaydi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda koronavirusga chalinganlar 163 mingdan oshgan. 2 ming 941 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Armen Sarkisyan

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing