Armaniston Prezidenti muxolifatchilarni uyida qabul qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan ayni paytda uyida muxolifat vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. 

Muxolifatchilar Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod etish masalasida davlat rahbarining pozitsiyasiga oydinlik kiritmoqda. 

"Uchrashuvdan keyin biz Prezidentning pozitsiyasini, u nega o‘zgarganini tushunamiz. Uchrashuvdan keyin savollarga javob beramiz", degan “Vatan” muxolifat partiyasi rahbari Artur Vanetsyan. 

Avvalroq, Armanistonning "Yorqin Armaniston" muxolifat partiyasi rahbari Edmon Marukyan Bosh vazir Nikol Pashinyanni Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni ishdan bo‘shatmaslikka chaqirib, unga yaxshi taklif bergandi. 

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi. 

Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Armen Sarkisyan

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing