Armaniston Prezidentining sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot berildi
Olam
−
13 Mart 2021 5551 1 daqiqa
Avvalroq, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan yuragidagi muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik.
Sarkisyan shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va o‘z ishiga qaytgan. Bu haqda Armaniston rahbarining Matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.
"Prezident tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. U tugadi va Sarkisyan normal ish rejimiga qaytdi", deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan vaqtda koronavirus yuqtirib olgandi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
Pashinyan Turkiyaga bordi
11 Noyabr