Koronavirus. Bugundan yana choralar kuchaytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Karantin qoidalariga amal qilmaganlarga qanday javobgarlik belgilangan? north_east

Karantin qoidalariga amal qilmaganlarga qanday javobgarlik belgilangan?

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana jiddiy tus olmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 24 martdan e’tiboran jamoat joylarida tibbiy niqoblardan foydalanish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mamlakat hududida koronavirusning keng tarqalishi va keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagilar belgilangan:

Joriy yilning 24 martidan boshlab: 

•    jamoat joylarida, shu jumladan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi.

Joriy yilning 25 martidan boshlab:

•    kasallik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotganligi sabab uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish maqsadida zarurat bo‘lgan hududlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida mobil brigadalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Karantin cheklovlarini va sanitariya-epidemiologik talablarni buzayotgan fuqarolar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi, shu jumladan, ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing