Konor Porening chaqiruviga javob qaytardi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dastin Porening taklifiga tezda javob qaytardi.

"Men seni bir yarim daqiqada yakson qilgandim. Ablah, sen meni hurmat qilishing shart! Men sening taklifingni qabul qildim va bu jang haqida o‘ylashni boshladim",  dedi Konor.

Konor hamda Dastin o‘rtasidagi birinchi jang 2014 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda irlandiyalik raqibini bir yarim daqiqada nokaut qilishni uddalagan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7 sentyabr kuni UFC`ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang qildi. Jang Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri doirasida o‘tkazildi.

Unda rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan yenggandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Dastin

Baholaganlar

468

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing