Kogon shahriga hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Mirshakar Muzaffarovich To‘raboyev Buxoro viloyati Kogon shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shaharning oldingi hokimi Hayot Hasanovich Davlatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Kogon shahar hokimi lavozimidan ozod qilingan. Mirshakar Muzaffarovich To‘raboyev esa yangi hokim etib tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Mirshakar To‘raboyev 1982 yilda Peshku tumanida tug‘ilgan. 2023 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi – moliya va iqtisodiyot. Mehnat faoliyatini Buxoro shahar moliya bo‘limi iqtisodchisi sifatida boshlab, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. Ayni paytga qadar u  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kogonning oldingi hokimi Hayot Hasanovich Davlatov Peshku tumani hokimi etib tayinlangandi. Peshku tumanining oldingi hokimi Vahob Qahhorov esa lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Kogon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing