Buxoroda ikki hokim lavozimidan ozod qilindi
3-sahifa
−
30 noyabr
10914Buxoro viloyatining Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov va Vobkent tumani hokimi Farhod Umarov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda viloyat hokimi Botir Zaripov Vahob Hamidovich Qahhorovni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi. Shundan so‘ng viloyat hokimi 2021 yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Hayot Hasanovich Davlatov nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi va u Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rildi. Vobkent tumani hokimi vazifasida 2021 yildan beri ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Anvarovich Ostonov nomzodini Vobkent tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori o‘qib eshittirildi va u Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Hozircha Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga kimlar hokim bo‘lishi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adiz Muzaffarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr