Yakkasaroyning glamur hokimi iste’foga chiqarildi
Jamiyat
−
15:40 6195 1 daqiqa
Nilufar Anvarovna Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
U 2023 yilning 9 oktyabr kuni Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, Nilufar Allabergenova 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Allabergenova shu paytgacha qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan shu 2023 yilning oktyabr oyiga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor, Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi