Klichko nishonda: “Lo‘lilar qiroli” tresh-tokni boshladi
Sport
−
21 dekabr 2021
4540Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WVC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Tayson Fyuri (31-0) ukrainalik sobiq chempion Vladimir Klichko (64-5) haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, o‘zinining eng yaxshi sport formasida bo‘lmasa-da, Klichkoni taslim eta olgan.
“Vladimir Klichko tarixda meni hech qachon mag‘lub etmagan bo‘lardi. Odamlar Vladimir endi unchalik yaxshi emasligini aytishganini eslayman. Albatta, uning gegemonligini to‘xtatganimda, muxlislar o‘zlarini yomon his qilishgan”, deydi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Klichko 2015 yilning noyabr oyida Fyuriga hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lu bo‘lgan edi. O‘shanda “kichik” Tayson IBF, WBO, WBA va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, “Lo‘lilar qiroli” o‘zining so‘nggi jangini 2021 yil 10 oktyabr kuni WVC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionlik unvoni uchun amerikalik Deontey Uaylderga (42-2) qarshi o‘tkazgan edi. Ular o‘rtasidagi 3-bahsning 11-raundida Fyuri nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
“Doktor bolg‘achi” esa 2017 yil aprel oyida Entoni Joshuaga (24-2) qarshi ringga ko‘tarilgan va 11-raundda nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan. Shundan so‘ng, faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.