Usikning orzusi kechikmoqda
Sport
−
23 may
2644Boks bo‘yicha og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning futboldagi debyuti oktyabr oyidan keyin amalga oshishi mumkin. Bu haqda “Polese” klubi vitse-prezidenti ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, Usik mavsum yakunida rasmiy o‘yinda “Polese” safida debyut qilishi kerak edi, biroq Fyuriga qarshi jangning keyinga qoldirilgani uning futboldagi debyutini kechiktirdi. Shu sabab Usik mavsumning ikkinchi yarmi uchun jamoa tarkibiga kiritilmadi.
“So‘nggi qaydnoma topshirish muddati 12 mart kuni tugagani bois, afsuski, Aleksandr Usik “Polese” klubining joriy mavsum uchun rasmiy qaydnomasida bo‘lmagani uchun jamoaning rasmiy o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi”, deydi klub vitse-prezidenti.
Qayd etilishicha, oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Fyuriga qarshi revansh jangidan keyin Usik o‘z orzusini amalga oshirishi mumkin. Usik bungacha “Polese” safida “Veres” klubiga qarshi qishki kubok o‘rtoqlik turnirida maydonga tushgandi.
LiveBarchasi