Aleksandr Usik chempionlik kamarlaridan voz kechdi
Sport
−
15:29 2998 1 daqiqa
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik chempionlik kamarlaridan voz kechdi. Bu haqda u kecha, 27 iyun kuni o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Sportchi superog‘ir vazn toifasida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Butunjahon boks kengashi (WBC) talqinlaridagi kamarlaridan voz kechgan.
“Boshqa yigitlar ular uchun kurasha olishlari uchun men ularni bo‘shatib qo‘ymoqchiman. Ammo bu hali tarixning yakuni emas”, deydi bokschi.
Joriy yilning 24 may kuni Usik Niderlandiya vakili Riko Verxuvenni mag‘lub etgan edi. Hakamlar qaydlariga ko‘ra, o‘n raund yakunlariga ko‘ra Usik ochkolar bo‘yicha yutqazayotgan bo‘lgan. Jang 11-raundda yakunlandi: nokautdan oldin Usik Verxuvenni nokdaunga uchratdi, referi esa bong ovozi bilan bir vaqtda jangni to‘xtatdi.
Ushbu g‘alaba tufayli Usik WBC talqini bo‘yicha jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Usik faoliyatidagi 25-jangni yutdi. U mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Usik – og‘ir vazn toifasida WBC, WBA, WBO, IBO, IBF va The Ring talqinlari bo‘yicha amaldagi jahon chempioni. Birinchi yarim og‘ir vaznda (2018—2019) va og‘ir vaznda ikki karra (2024, 2025) mutloq jahon chempioni hisoblanadi.
Live
Barchasi