Usik keyingi raqibi sifatida kimni ko‘rib chiqayotganini aytdi
Sport
−
26 may 1837 1 daqiqa
Mag‘lubiyatga uchramagan 39 yoshli amaldagi WBA, WBC, IBF va IBO og‘ir vazn toifasi chempioni ukrainalik Aleksandr Usik vaqtinchalik WBC og‘ir vazn toifasi chempioni, germaniyalik Agit Kabayel bilan jang bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Usik jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida to‘xtaldi.
Shuningdek Aleksandr Usik gollandiyalik Riko Verxoven bilan revansh jangiga qiziqishini tasdiqladi.
“Kabayel ajoyib yigit. Biz hamma narsani jamoa va tashkilotchilar bilan muhokama qilamiz, qanday qilib oldinga siljishimiz haqida gaplashamiz. Turki Al ash-Sheyx esa, menga Niderlandiyada Riko Verxovenga qarshi revansh jangini tashkil qilishni maslahat berdi. Men esa, bunga rozi ekanligimni va jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berishi kerakligini aytim”, dedi Usik matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 may kuni Misrda bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida Aleksandr Usik 11-raundda Riko Verxuvenni texnik nokaut evaziga mag‘lub etganini va ushbu g‘alabasi uchun 100 million dollar ishlab olgani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi