Usik-Fyuri revansh jangida yana ukrainalik bokschi g‘alaba qozondi
Sport
−
22 dekabr
534322 dekabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda og‘ir vazn toifasidaWBC, WBA va WBO yo‘nalishlarining amaldagi sohibi Aleksandr Usik va ushbu vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tdi. Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan ukrainalik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hakamlarning qaroriga ko‘ra, jang 118-112 hisobida Usikning foydasiga hal bo‘ldi.
Jangdan so‘ng IBF chempioni britaniyalik Daniyel Dyubua ringga chiqib Usikdan revansh jangini so‘radi. Usik bunga tayyor ekanligini bildirib, Turki Al ash-Shayxdan revansh jangi tashkil qilishni so‘radi.
Shunday qilib, ukrainalik bokschi professional sportdagi 23-g‘alabasini, chempionlik janglaridagi 12-g‘alabasini, shuningdek, sobiq yoki amaldagi jahon chempionlari ustidan 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Fyuri esa profboksdagi 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.