Dunyoning eng yaxshi uch bokschisi kim? Isroil Madrimov javob berdi

Sport

image

Birinchi o‘rta vaznda (69,9 kg.gacha) amaldagi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni o‘zbekistonlik Isroil Madrimov Inoue, Krouford va Usikni dunyoning eng kuchli uch nafar bokschilari deb hisoblaydi. Bu haqda Madrimov “BoksTV” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ularning deyarli hammasi ham bir xilda, uchalasi ham mutlaq jahon chempioni bo‘la olgan. Inoue, Krouford, Usik – men uchun shu uch bokschi dunyoning Top-3 ro‘yxatiga kiradi. Ular jangdan jangga o‘zgarib boradi. Shuningdek, Bivol ham bor. Uni ham esdan chiqarmaslik kerak”, deydi Madrimov.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov sanab o‘tgan bokschilarning bari ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempionlari hisoblanadi. Inoue yengil (53,5 kg) va ikkinchi yengil vazn (55,3 kg) toifalaridagi chempionlik kamarlarini o‘z qo‘lida birlashtirdi. Krouford esa birinchi yarimo‘rta (63,5 kg) va yarimo‘rta (66,7 kg), Usik birinchi og‘ir (90,7 kg) hamda superog‘ir vazn toifalarida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Usik Krouford Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made