Madrimovning Toshkentdagi jangi qoldirildi

Sport

−

image

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayevga qarshi jangi boshqa muddatga qoldirildi. Joriy yilning 30 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan boks oqshomi tashkiliy sabablarga ko‘ra boshqa kunga ko‘chirildi. Bu haqda Lift Promotions kompaniyasi xabar berdi.

“Aziz muxlislar! 30 oktyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Xalqaro professional boks kechasi” tashkiliy sabablarga ko‘ra 10 dekabrga ko‘chirildi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Sizning ishonchingiz va xavfsizligingiz biz uchun muhim”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Isroil Madrimov 2024 yil mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovni beshinchi raundda texnik nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgan. O‘zbekistonlik bokschi faoliyati davomida Terens Krouford va Virjil Ortis kabi mashhur raqiblarga qarshi ham jang qilgani bilan mashhur hisoblanadi.

2026 yil yanvar oyida ringga qaytgan Madrimov Luis David Salazarni ochkolar hisobida mag‘lub etgan. Uning bo‘lajak raqibi Seymur Isayev esa chap qo‘lda jang qiladigan bokschi hisoblanadi. Ozarbayjonlik sportchi professional ringdagi faoliyati va nokautlari bilan tanilgan. Shuningdek, u UBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Madrimov professional faoliyati davomida WBA Inter-Continental va IBF Inter-Continental mintaqaviy chempionlik kamarlarini ham qo‘lga kiritgan. Havaskorlar o‘rtasida esa 2017 yilgi Osiyo chempionati va 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan, 2014 yilgi Osiyo o‘yinlarida 75 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing