KXDR Xitoy biqinida maxfiy baza qurdi – “Bloomberg”

Olam

image

Shimoliy Koreya Xitoy chegarasiga yaqin hududda mamlakatning eng zamonaviy strategik qurollari joylashtirilgan maxfiy raketa bazasini qurdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyan-Pukto viloyatidagi Sinpung bazasida, ya’ni Xitoy chegarasidan 27 kilometr uzoqlikda yadro qurolini tashishga qodir oltidan to‘qqiztagacha qit’alararo ballistik raketalar va ularning mobil uchirish qurilmalari bilan jihozlangan brigada miqyosidagi harbiy bo‘linma joylashgan bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu raketalar Sharqiy Osiyo va AQSH uchun yadro tahdidini yuzaga keltirishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, baza qurilishi 2004 yilda boshlangan, 2014 yilga kelib esa uning asosiy ob’ektlari foydalanishga topshirilgan. Bazadagi raketalar yadroviy jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin. Ob’ekt atrofida raketalarni uchirish maydonchalari yoki havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud emas. Bu bazaning qattiq yoqilg‘ida ishlovchi mobil qit’alararo ballistik raketalarni joylashtirish uchun mo‘ljallanganini anglatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Harbiy-dengiz kuchlari esminetsiga tashrifi chog‘ida mamlakatining yadroviy arsenalini tezkor sur’atlarda kengaytirish lozimligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Shimoliy Koreya maxfiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing