KXDR ham Janubiy Koreya chegarasidagi karnaylarni olib tashlayapti

Olam

image

Bugun, 9 avgust kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradagi targ‘ibot maqsadida o‘rnatilgan karnaylarni olib tashlash ishlarini boshladi. Bu haqda Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mondonligiga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

“Bugun ertalab Shimoliy Koreya harbiylarining ayrim hududlarda Janubiy Koreyaga qaragan karnaylarni demontaj qilayotgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, harbiylar karnaylar butun chegara bo‘ylab olib tashlanayotganini tasdiqlash lozimligini qo‘shimcha qilgan. Bildirilishicha, Janubiy Koreya Pxenyanning “tegishli faoliyatini” kuzatishda davom etadi.

“Yonhap” ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya taxminan 40 ga yaqin hududda bunday karnaylarni o‘rnatgan, ularning ayrimlarida demontaj ishlari allaqachon yakunlangan.

Pxenyanning bu harakatlari Janubiy Koreya tomonidan joriy yilning 5 avgust kuni Shimoliy Koreya tomonga qaragan 20 ta statsionar karnayni olib tashlanishga javob sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya hukumati ovoz kuchaytirgichlar orqali chegarada K-pop musiqasi, yangiliklar va boshqa Janubiy Koreya eshittirishlarini efirga uzatardi. Tarixan ikki davlat 1963 yildan beri bunday eshittirishlar orqali targ‘ibot olib borgan. 2015 yilda yuqori darajadagi muzokaralar arafasida bu eshittirishlar to‘xtatilgan, biroq 2016 yilning yanvarida Shimoliy Koreya yadro sinovlari o‘tkazganidan keyin Seul yana ularni tiklagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Oliy xalq majlisi raisi Pak In Chxol AQSH va Janubiy Koreyani yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya targ'ibot karnaylari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing