Janubiy Koreya Ukrainadan sakkiz diplomatini çaqirib oldi

Olam

−

image

Seul va Kiyev örtasida KXDRning ikki nafar asirga olingan harbiy xizmatçisi topşirilgani haqidagi ma’lumot oşkor qilingani böyiça yuzaga kelgan bahs fonida Janubiy Koreya Ukrainadan sakkiz nafar diplomatik xodimini çaqirib oldi. Bu haqda Janubiy Koreya Taşqi işlar vaziri Ço Xyon ma’lum qildi.

“Hozirga qadar sakkiz nafar [diplomat – tahr.] çaqirib olindi”, deydi u va uşbu qaror “majburiy” bölganini qöşimça qilgan.

Nizo “diplomatik munosabatlarga xavf soluvçi” darajagaça keskinlaşişi mumkinmi, degan savolga Ço agar keskinlik ortişda davom etsa, buning ehtimoli borligini aytgan.

“Uşbu masalani imkon qadar tezroq hal qiliş uçun Ukraina Taşqi işlar vaziri [Andrey Sibiga – tahr.] bilan aloqada bölib turibman”, deydi u.

Eslatib ötamiz, keskinlik Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiy BMT Boş Assambleyasida Seulga KXDRning ikki asir harbiysi topşirilganini ma’lum qilganidan söng yuzaga keldi. Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon Kiyevni ma’lumotlarni oşkor qilmaslik töğrisidagi kelişuvni buzganlikda aybladi.

“Ukraina tomonini maxfiylik töğrisidagi kelişuvni buzişga va bu ma’lumotni oşkor qilişga undagan holatlardan xabarim bölmasa-da, yuzaga kelgan vaziyat şarmandalikdir”, deydi u.

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya TIV Ukraina tomoni uşbu masala böyiça keçirim söraganini bildirgan. Şunga qaramay, bir kun ötib respublika Ukrainadagi elçisi Pak Ki-çanni çaqirib olgan, elçixona öz faoliyatini muvaqqat işlar vakili rahbarligida davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing