KXDR Janubiy Koreya çegarasida artilleriyalarini köz-köz qildi
Olam
−
14:46 722 2 daqiqa
Şimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan çegara yaqinida özini özi harakatlantiruvçi artilleriya qurilmasini joylaştirdi. Bu holat ikki mamlakat örtasida sentyabr oyidagi mina portlaşi yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengaşiga yuborilgan murojaatlar fonida kuzatilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Agentlik muxbiri bugun, 26 oktyabr kuni Janubiy Koreya hududidagi kuzatuv maydonçasidan çegara yaqinida turgan Şimoliy Koreya artilleriya qurilmasini körgan. “Yonhap” qurilmani 122 millimetrli, özini özi harakatlantiruvçi gaubitsa deb ta’riflagan. Şuningdek, çegara yaqinida janub tomonga qaratilgan qurollari bor uçta bronetexnika va demilitarizatsiya qilingan hududda tösiqlar örnatayotgan 20–30 nafar şimoliy koreyalik askar kuzatilgan.
Kyonnam universiteti professori Lim Il Çxolning fikriça, Şimoliy Koreyaning artilleriya qurilmasini bunday oçiq namoyiş qilişi odatiy hol emas. Uning aytişiça, bu harakat Pxenyanning çegara siyosatida muloqotdan köra kuç işlatişga tayaniş niyatini körsatişi mumkin.
Keskinlikka sabab bölgan voqealardan biri joriy yilning 21 sentyabr kuni demilitarizatsiya qilingan hududda mina portlaşi bölgan. Janubiy Koreya tomoni hodisa Şimoliy Koreya harbiylari örnatgan mina tufayli yuz berganini va bu Koreya uruşi davridagi sulh kelişuvini buzişini bildirgan.
Portlaş oqibatida uç nafar janubiy koreyalik harbiy jarohatlangan. Pxenyan esa bu hodisaga aloqadorligini rad etgan. Şimoliy Koreyaning BMTdagi vakili joriy yilning 25 oktyabr kuni Xavfsizlik Kengaşiga maktub yöllab, Seulni mina hodisasidan öz çegara siyosatiga qarşi foydalanişda ayblagan.
Pxenyan, şuningdek, öz suvereniteti buzilişi özini himoya qiliş çoralariga sabab bölişi mumkinligini bildirgan. Janubiy Koreya Birlaşuv vazirligi vakili Şimoliy Koreya maktubi Pxenyanning avvalgi pozitsiyasini takrorlaşini aytgan. Seul çegaradagi keskinlikni yumşatiş uçun Pxenyan bilan muloqot ötkazişni taklif qilgan.
Ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda Şimoliy Koreya harbiylari harbiy demarkatsiya çiziği yaqinida taktik yöllar quriş, tösiqlar örnatiş va mina joylaştiriş işlarini olib bormoqda. 2015 yilda ham çegarada Şimoliy Koreya minalari portlaşi oqibatida Janubiy Koreya harbiylari jarohatlangan va bu ikki davlat örtasida harbiy qarama-qarşilik kuçayişiga olib kelgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya suvosti kemalaridan uçirilişi möljallangan qanotli raketalarni sinovdan ötkazgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi