Kim Çen In armiyaning jangovar şayligini oşirişni buyurdi
Olam
−
09:11 734 1 daqiqa
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In harbiy qismlarning uruşga tayyorgarligini oşiriş va jadal maşğulotlarni kuçaytirişga çaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (STAK) xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Kim Çen In Koreya Xalq armiyasi rahbariyati bilan uçraşuvda rota komandirlarining asosiy vazifasi bölinmalarning uruşga töliq şayligini ta’minlaş ekanini ta’kidlagan.
Uning sözlariga köra, buning asosiy amaliy usuli uzluksiz va jadal harbiy maşğulotlar ötkaziş hisoblanadi.
Şuningdek, Şimoliy Koreya rahbari kuçli armiyani şakllantirişda quyi böğindagi harbiy bölinmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan. U komandirlarni bir kişi yuz kişiga qarşi tamoyili asosida jang qila oladigan bölinmalarni tayyorlaşga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya suvosti kemalaridan uçirilişi möljallangan qanotli raketalarni sinovdan ötkazgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr