Kiyevda teraktlar tayyorlashda gumonlangan rossiyalik agentlar qo‘lga olindi

Olam

image

Ukraina poytaxtida qator teraktlar tayyorlashda gumon qilingan “Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi agentlari” Kiyevda qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar qurilish gipermarketlari va kafelardan birining yoniga portlovchi moslamalarni joylashtirgan. Razvedka xizmatining ta’kidlashicha, portlashlar 2024 yil 9 may kuni sodir bo‘lishi kerak edi.

Portlovchi moslamalar choy qadoqlari sifatida yashirilgan. Ukraina razvedkacining ta’kidlashicha, bombalar gipermarketlarning eng yuqori tirbandlik vaqtida portlashi kerak bo‘lgan. Rasmiy Kiyev Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi xodimi bo‘lgan Yuriy Sizovni teraktlar kuratori deb atamoqda.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan davlatga xiyonat, qo‘poruvchilik va terrorizm moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati "terrorchilik hujumining bevosita aybdorlari" qo‘lga olinganini da’vo qilmoqda, ammo ularning sonini aytmaydi. Chop etilgan fotosuratlardan ma’lum bo‘lishicha, ikki kishi hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya Federal xavfsizlik xizmati razvedka tarmog‘ini fosh qilgani, uning a’zolari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov va boshqa yuqori martabali amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi. O‘shanda Ukraina Davlat xavfsizlik boshqarmasining ikki polkovnigi hibsga olingan. Ikki kundan keyin Prezident Vladimir Zelenskiy Davlat xavfsizlik boshqarmasi rahbari Sergey Rudni ishdan bo‘shatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing