Kiyev yordam uchun 500 mlrd dollar to‘lashdan bosh tortdi – “Bloomberg”
Olam
−
23 fevral 13186 2 daqiqa
Ukraina hukumati Vashingtonga 500 milliard dollar resurs beradigan AQSH ma’muriyati tomonidan taklif qilingan tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuvning yangi versiyasini rad etdi. Bu haqda ukrainalik anonim mulozimga tayanib, Amerikaning “Bloomberg” agentligi kecha, 22 fevral kuni xabar berdi.
Kecha, 22 fevral kuni Amerikaning “The New York Times” gazetasi AQSH va Ukraina o‘rtasidagi resurslar bo‘yicha kelishuvning yangi tahririga tayanib, ulardan tushgan daromad AQSH 100% oladigan fondga yuborilishi kerakligini yozdi. Kiyevdan jamg‘armaga mablag‘ 500 milliard dollarga (Donald Tramp Amerika yordami evaziga talab qilayotgan mablag‘) yetguncha hissa qo‘shishi so‘ralmoqda.
Ukraina rasmiysi “Bloomberg”agentligiga Kiyev AQSH talablariga qarshi chiqqanini aytgan. Unga ko‘ra, Ukraina AQSH tomonidan ko‘rsatilgan yordamni 90 milliard dollarga baholamoqda.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, yana bir to‘siq AQSH tomonidan kelajakdagi harbiy va moliyaviy yordam bo‘yicha kafolatlarning yo‘qligi bo‘ldi.
Qayd etish joiz, 19 fevral kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Prezident Vladimir Zelenskiy ham AQSH va Ukrainada “butunlay boshqa raqamlar” borligini aytgandi.
“Urush bizga 320 milliardga tushdi. 120 milliard bizning, Ukraina xalqi, soliq to‘lovchilarniki. 200 milliard AQSH va Yevropa ittifoqchilariki. Bu qurol paketlari. Umuman olganda, AQSH bizga 67 milliardga yaqin qurol va byudjetga 31,5 milliard to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy yordam berdi”, dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam uchun sarflangan “milliardlab dollarlarni” qaytarish niyatida ekanini aytgandi.
Live
Barchasi