Kim Kardashyan sobiq eridan uyalishi ma’lum bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
30 avgust 2023
22539Teleyulduz Kim Kardashyan sobiq eri Kane Uest va uning yangi rafiqasi Byanka Sensorining Italiyadagi shov-shuvli xatti-harakatlaridan xavotirda. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, avgust oyining boshidan beri Kane Uest va uning yangi rafiqasi Byanka Sensori Italiya bo‘ylab sayohat qilmoqda. Juftlikning paparatssi fotosuratlari muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lmoqda. Suratlarda juftlik deyarli yalang‘och holda shahar ko‘chalarini kezayotgani tasvirlangan.
Kim Kardashyanning yaqinlaridan biri jurnalistlarga yulduz sobiq erining xatti-harakatidan “xijolat”da ekanini aytgan.
“Kim yangi suratlardan juda xijolatda. Bularning barchasini bolalariga qanday tushuntirishni bilmaydi. Kane ko‘chada deyarli yalang‘och yurgan. Kardashyanga qiyin”, dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kim Kardashyan har safar Kane va Byankaning ochiq liboslarini ko‘rganida, o‘zi ham xuddi shunday kiyingan vaqtlarini eslaydi. Ammo u bu ortda qolgan va eski xotiralarni eslashni istamaydi.
Italiya aholisi ham er-xotinning bu xatti-harakatlariga norozilik bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan “Bizga Italiyada bu axlat kerak emas”, “Boshqa odamlar oldiga deyarli yalang‘och holda chiqish juda hurmatsizlik” kabi izohlar qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, dunyoga mashhur Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs 14 oylik turmushidan so‘ng ajrashgandi.
LiveBarchasi