Kim Chen Inga xorijiy davlatga safar qilish taklif qilindi

Olam

image

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga tabrik telegrammasi yo‘llab, o‘ziga qulay vaqtda mamlakatga tashrif buyurishni taklif qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

“Mo‘g‘uliston Prezidenti telegrammada muhtaram o‘rtoq Kim Chen Inni va uning timsolida mehnatkash va vijdonli koreys xalqini KXDR buyuk rahbari, o‘rtoq Kim Ir Sen tavalludining 112 yilligi bilan chin yurakdan tabrikladi. U mo‘g‘ul xalqining yaqin do‘sti, o‘rtoq Kim Ir Sen ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam poydevor yaratganini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Mo‘g‘uliston Prezidenti KXDR bilan do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga katta ahamiyat berishini bildirgan. Bundan tashqari, u Kim Chen Inga o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishni taklif qilgan. Mo‘g‘uliston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, “Kim Chen Inning tashrifi ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan voqea bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisining so‘nggi xorijiy safari o‘tgan yilning sentyabr oyida Rossiyaga bo‘lgan edi. O‘shanda u zirhli poyezdda Rossiyaning bir necha hududlarida bo‘lgan, “Vostochniy” kosmodromida Prezident Vladimir Putin bilan uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Mo'g'uliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing