Tobutdek qutidan elektr simlargaça: hayot-mamot sinovi
Tahlil
−
19:50 1012 4 daqiqa
Jinoyat jazosiz qolmaydi, ammo uning jazosi har bir mamlakatda turliça. Bugun dunyoning eng dahşatli qamoqxonalari, u yerdagi şafqatsiz tartiblar va mahbuslar boşidan keçirgan qiynoqlar haqida gaplaşamiz.
Möğulistonning Urga (hozirgi Ulan-Bator) şahridagi tarixiy qamoqxona
Uşbu qamoqxona Möğuliston ustidan uzoq vaqt siyosiy nazorat olib borgan manjurlar tomonidan qurilgan. U yerda mahbuslar öta oğir şaroitda saqlangan. Ular odam arang siğadigan, tobutga öxşaş yoğoç qutilarda saqlangan. Qutilarning uzunligi taxminan 1,22 metr, balandligi esa 76 santimetr bölgan. Bundan körinib turibdiki, quti insonning erkin harakatlanişiga imkon bermagan. Mahbuslar tik ötira olmagan, oyoq-qöllarini töliq uzatib yota olmagan.
Ayrim mahbuslarning böyniga oğir zanjir solingan, qöllari kişanlangan. Mahbuslarga ovqat qutining yon tomonidagi taxminan 15 santimetrli teşik orqali uzatilgan. Ammo bu ovqat ham muntazam berilmagan, mahbuslar ifloslik va sovuqda azob çekkan. Qişda isinişlari uçun esa bitta qöy terisi berilgan.
Ayrim mahbuslar bu qutilarda bir neça hafta, boşqalari esa köp yillar, hatto umrbod qamalgan. Uzoq vaqt qimirlamay yotiş ayrim mahbuslarning oyoq-qöllariga ham jiddiy zarar yetkazgan. Tasavvur qiling, ozodlikdan mahrum qiliş yetmaganiga, erkin ötiriş, oyoq uzatiş imkoniyatidan ham mahrum qilingan. 1924 yilda qamoqxonada qöllangan dahşatli yoğoç qutilarda saqlaş jazosi bekor qilingan.
Bu qamoqxonada bir oila vakillaridan birining siyosiy aybi sababli butun oila lagerga badarğa qilingan
Gap Şimoliy Koreyadagi Camp 14 qamoqxonasi va u yerda qöllanilgan “uç avlodni jazolaş” amaliyoti haqida ketmoqda.
Bu amaliyotning yana bir dahşatli tomoni şundaki, ona hali farzandini dunyoga keltirmasidan lagerga tuşsa, bola öşa yerda tuğiladi va taşqi dunyodan butunlay uzilgan holda ulğayadi. Hayot, erkinlik va taşqi olam haqida tasavvurga ega bölmagan bola uçun lagerdagi muhit yagona haqiqatga aylanadi.
Lagerda tuğilib, u yerda 23 yil yaşagan Şin Don Xyok vaqt ötişi bilan taşqi dunyoga bölgan qiziqişi ortib, lagerdan qoçgan maşhur qoçqinga aylanadi.
Şin Don Xyok intervyularining birida şunday deydi:
“Men 1982 yilda Şimoliy Koreyadagi 14-raqamli siyosiy qamoqxonada tuğilganman va 2005 yilda qoçib ketgunimça öşa yerda yaşaganman. 2006 yilda esa Janubiy Koreyaga yetib kelganman. Mening bolaligim… Men asosan özimni mahbus hayotini yaşaşga mahkum deb hisoblardim, çunki men qamoqdagi ota-onadan tuğilganman. Men işlagan zavodda biror narsani sindirib qöyganim uçun jazo sifatida… jazo sifatida barmoğimni kesib taşlaşgan. Ammo men bu voqea natijasida omma oldida qatl qilinmaganimdan yengil tortganman va bola sifatida şunçaki minnatdor edim. Hammasi şunday edi. Men boşimdan keçirgan oğriq, teskari osib qöyilib kaltaklanişim, olovda kuydirilişim – bu keçinmalarning barçasi… Men buni töğri deb öylardim, çunki men mahbus edim va onam hamda akam jinoyat sodir etgan edi”.
U bu mavzuda köp marotaba öz hikoyasini aytib bergan.
Aytişiça, uning eng katta puşaymoni lagerda xabar berişni töğri iş deb öylagani bölgan. U onasi va akasining qamoqdan qoçiş rejasini qöriqçilarga aytib beradi. Oqibatda esa onasi va akasining omma oldida qatl etilişiga guvoh böladi.
U lagerda doimo oçlikdan qiynalgan. Mahbuslarga asosan makkajöxori va tuzlangan sabzavotlar berilgan. Bir kuni u lagerga keltirilgan Pak ismli mahbus bilan tanişadi. Pak unga lager taşqarisidagi hayot, odamlar iste’mol qiladigan taomlar haqida gapirib beradi. Şin taşqarida istagan ovqatini yeyiş mumkinligini eşitib, qoçişga qaror qiladi.
2005 yil yanvar oyida Şin va Pak lager hududidagi toğli joyda işlayotgan paytida qoçişga urinadi. Ular lager atrofini örab turgan yuqori kuçlanişli elektr simlaridan ötişlari kerak edi. Qoçiş paytida Pak birinçi bölib simlardan ötişga urinadi, ammo elektr toki uni uradi va u halok böladi. Şin esa uning tanasi ustidan oşib, simlar orasidan ötişga muvaffaq böladi. U keyinçalik bergan intervyularida qoçib çiqişi uçun bir mahbus halok bölgani hayotidagi eng dahşatli lahzalardan biri ekanini aytadi.
Batafsil YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.
Xolmatova Muxlisa
Live
Barchasi