Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani ma’lum böldi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning şeriklari qölga olindi. Jinoyat işi böyiça 9 nafar şaxs sudlandi. Bu haqda Oliy sudi Jamoatçilik bilan aloqalar markazi boş konsultanti Aziz Obidov xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga köra, mahkumga jazoni ijro etiş koloniyasi rahbari tomonidan uyali telefon olib kiriş va giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullaniş imkoniyati yaratilgan. Şundan söng, u ozodlikda yurgan yordamçilari orqali narkotik moddalarni buyurtmaçilarga yetkazib berişni yölga qöygan.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida uşbu jinoiy guruhga aloqadorlikda gumonlangan töqqiz nafar fuqaro qölga olingan. Mazkur iş Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqilgan.

Sud hukmiga köra, guruhga yetakçilik qilgan mahkum Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Şuningdek, u öta xavfli retsidivist deb topilgan va jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaşi belgilangan. Jinoiy guruhning yana olti nafar erkak a’zosiga 10 yildan 14 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Guruh tarkibida ikki nafar ayol ham bölgan. Ulardan biri Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan aybdor deb topilib, avvalgi hukmi böyiça ötalmagan jazo muddati ham hisobga olingan holda 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan taşqari, unga jazoni ötaş joyida giyohvandlikdan majburiy davolaniş çorasi tayinlangan. Guruhning ikkinçi ayol a’zosi esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent va Farğonada qariyb 5 kilogramm “gaşiş” moyi va “gaşiş” moddasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing