Möğulistonda 2 ming yillik ulkan qabr oçildi

Olam

−

image

Möğulistonda Xunnlar imperiyasi davriga oid, qariyb 2 ming yillik ulkan qabr topildi. Undan Rim imperiyasida yasalgan bölişi mumkin bölgan şişa kosa, antiqa buyumlar va 400 dan ortiq qabr aşyolari topildi. Bu haqda “Live Science” xabar berdi.

Qabr mamlakat şimolidagi Duurlig Nars arxeologik majmuasida tört yil davomida olib borilgan qazişma işlari natijasida aniqlangan. Mazkur hudud Xunnlar imperiyasining eng yirik zodagonlar qabristoni hisoblanadi. Unda qariyb 300 ta qadimiy dafn tepaligi mavjud.

Arxeologlarning ma’lum qilişiça, yangi topilgan maqbara Möğulistonda hozirgaça aniqlangan eng yirik Xunnlar qabri hisoblanadi. Uning uzun yölagi bilan birga umumiy uzunligi 73 metrni taşkil etadi. Qabr 14,5 metr çuqurlikkaça tuşadigan, bir-birining içiga joylaşgan töqqiz qavat toş qatlamidan iborat bölib, teskari piramida şaklini eslatadi.

Qabrning markaziy qismida yoğoçdan yasalgan dafn xonasi va tobut topilgan. U yerdan otlarni bezaş uçun işlatilgan, kvars toşlari bilan bezatilgan kumuş buyumlar, yoğoç arava ğildiragi hamda boşqa aşyolar ham çiqarib olingan. Bu topilmalar qabrga dafn etilgan şaxs yuqori ijtimoiy maqomga ega bölganini körsatadi.

Şuningdek, tobut tubidan nefritdan yasalgan, bir-birining ustiga joylaştirilgan 15 ta bezak buyumi topilgan. Ular qadimgi Xitoydagi Xan sulolasi davridagi dafn marosimlarida işlatilgan nefrit disklariga öxşaydi. Biroq topilgan buyumlar şakli va naqşlari bilan an’anaviy namunalardan farq qiladi. Bu esa Xunnlar Xan sulolasiga xos dafn urf-odatlarini öz madaniyatiga moslaştirgan bölişi mumkinligini körsatadi.

Qabrdan dastali şişa kosaning singan bölaklari ham topilgan. Olimlar uni Rim imperiyasida işlab çiqarilgan bölişi mumkin, deb hisoblamoqda. Buyumning kelib çiqişini aniqlaş uçun qöşimça tahlillar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, Xunnlar miloddan avvalgi 209 yilda Möğuliston daştlarida şakllangan köçmançi qabilalar ittifoqi bölib, ularning savdo aloqalari Ğarbdagi Rim imperiyasidan Şarqdagi Xitoy va Koreya yarimoroligaça çözilgan. Ayrim xunn guruhlari imperiya parçalanganidan keyin ğarbga köçib, keyinçalik tarixda gunnlar nomi bilan tanilgan xalqqa qöşilgan.

Hozirça maqbarada kim dafn etilgani aniqlanmagan. Arxeologlar şaxsning jinsini va uning majmuada dafn etilgan boşqa kişilar bilan qarindoşlik aloqalarini aniqlaş uçun tobutdan olingan tiş va soç namunalarini DNK tahlilidan ötkazişni rejalaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150 yildan beri sir bölib kelayotgan skelet kimga tegişli bölişi mumkinligi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing