Odamlar “kannabis”dan 2 800 yil avval ham mast böliş uçun foydalangani aniqlandi
Bu qiziq
−
08:46 726 2 daqiqa
Arxeologlar Janubiy Sibirdagi qariyb 2 800 yillik qabrdan qadimda “kannabis“ning psixoaktiv ta’siridan foydalanilganini tasdiqlovçi dalillarni topdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilişiça, tadqiqot davomida 1 400 dan ortiq “kannabis“ uruği va inson soç tolalari aniqlangan. Soç tahlili esa ularda kannabisning ongga ta’sir qiluvçi moddasi – THC mavjudligini körsatgan.
Tadqiqotçilar mazkur qabrdagi izlanişlarni 2017 yildan buyon olib bormoqda. Qabr Janubiy Sibirdagi Uyuk vodiysida joylaşgan bölib, unda yuqori mavqega ega kişilarning qoldiqlari topilgan. Olimlarning aniqlaşiça, u skiflar davrining ilk bosqiçiga, ya’ni bundan 2 800 yil avvalgi davrga tegişli.
Tadqiqot guruhi dastlab qabr içidagi mayda qora nuqtalarni aniqlagan. Keyinçalik ular “kannabis“ uruğlari ekani ma’lum bölgan. Radiokarbon tahlili uruğlarning qariyb 2 800 yil avval qabrga joylaştirilganini tasdiqlagan.
Topilgan inson soçlari mass-spektrometr yordamida tekşirilgan. Tahlilda “kannabis“ning asosiy psixoaktiv moddasi – THC va undan hosil böladigan kannabinol aniqlangan. Bu esa qadimda yaşagan insonlar “kannabis“ni şunçaki yetiştirmay, uning ongga ta’sir qiluvçi xususiyatidan ham foydalanganini körsatadi.
Tadqiqot muallifi, Şveysariyaning Bern universiteti olimi Jino Kasparining aytişiça, “kannabis“ qabrda ötkazilgan marosimlarda işlatilgan bölişi mumkin.
Olim qabrda qurbonlik qilingan önlab otlar va inson qurbonliklariga oid ehtimoliy dalillar ham borligini aytgan. Şu sababli “kannabis“ qurbonlik qilinadigan kişilarni marosimdan oldin tinçlantiriş uçun işlatilgan bölişi mumkin. Biroq bu taxminni hozirça isbotlaş imkoni yöq.
Avvalroq, “kannabis“ Şarqiy Osiyoda kamida 6 ming yil avval yetiştirilgani aniqlangan edi. Biroq undan psixoaktiv maqsadlarda foydalanilganiga oid eng qadimgi dalillar taxminan 2 500 yil avvalga tegişli deb hisoblangan. Yangi topilma esa bu muddatni yana 300 yilga ortga surmoqda.
Hozirda olimlar qabrdan topilgan uruğlarning qadimiy DNKsini örganmoqda. Tadqiqot muallifining ta’kidlaşiça, bu tahlil “kannabis“ning kelib çiqişi va tarqaliş tarixiga oid yangi ma’lumotlarni oçişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afrikaning Mali davlati hududidagi Sahroi Kabirdan 2022 yilda topilgan Mars meteoritining yoşi kamida 4,1 milliard yil ekani aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Olimlar uşbu topilma qadimgi Marsda suyuq suv va hayot uçun qulay şaroitlar bölgani haqida yangi ma’lumotlar berganini aytmoqda.
Live
Barchasi