Yangiyo‘lda uyida nasha ekkan shaxslar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 ta holatda jami 339 kvadrat metr yer maydonida 48 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hududida giyohvandlik bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va ularga chek qo‘yish maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Yangio‘l tumani Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, issiqxonaning 300 kvadrat metr maydonida 12 tup kannabis o‘simligi yetishtirilgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu shaxs 6 kilogramm 75 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelgani ham ma’lum bo‘lgan.

Yana bir holatda Saidota mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning xonadon tomorqasi ko‘zdan kechirilganda, 4 tup kannabis yetishtirilgani va 6 kilogramm marixuana saqlab kelingani aniqlangan.

Holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 1 kilogrammdan ortiq gashish moddasi, 782 dona “Tropikamid” hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq boshqa ashyolar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing