Farg‘onadagi uyning yashirin xonasidan qariyb 3 kg “kannabis” topildi (video)
3-sahifa
−
11:31 296 1 daqiqa
Farg‘ona shahridagi xonadonlardan birida 2 kilogramm 780 gramm “kannabis” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xonadon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida tekshirilgan.
Tekshiruv vaqtida uy orqasidagi xo‘jalik binosi yonida yashirilgan xona hamda yotoqxonadan yashil rangli, o‘ziga xos hidga ega, “kannabis”ga o‘xshash moddalar topilgan. Shuningdek, ko‘k rangli sellofan paket ichidan kanabis o‘simligining mayda shoxlari topilgan.
Topilgan ashyolar xolislar ishtirokida elektron tarozida tortilganda, ularning umumiy og‘irligi 2 kilogramm 780 grammni tashkil etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 15 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi