Xorazmlik pedofillar ishini sudda ko‘rish bir oyga to‘xtatildi

3-sahifa

image

Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarini muttasil zo‘rlab kelganlikda ayblangan Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Aybek Masharipov va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Anvar Quryazov ishi bo‘yicha sud majlisi 1 oylik muddatga to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi. 

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A.M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyatsiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilandi va Jinoyat-protsessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazilishi) asosan ushbu jinoyat ishi apellyatsiya tartibida yangidan ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgan edi. 

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining sud majlisida prokuror sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 416-417-moddalari tartibida sudlanuvchilarga yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi hujjatlarini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishni so‘radi.

Qayd etilishicha. apellyatsiya instansiya sudlov hay’ati prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, sudlanuvchilar A.M. va A.Q.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha ajrim qabul qilib, Xorazm viloyat prokurorining o‘rinbosariga yuborilgan va jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (3 nafar qiz) 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelingan. Ularga nisbatan 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ularga sharoit yaratib bergan bolalar uyi rahbari 5 yarim yilga qamalgan. 


Maqola muallifi

Teglar

pedofil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing