Sobiq vazir pedofillikda gumonlanmoqda

Olam

image

Pokistonning sobiq davlat vaziri va yaqinda parlament deputati etib qayta saylangan Ruxsar Ahmad Buyuk Britaniyada 1990-yillarda voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlash va odam savdosi bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Nashrining yozishicha, 62 yoshli Ruxsar Ahmad 2024 yil iyul oyida Manchester aeroportida hibsga olingan. U Manchesterning Rasholm tumanidagi bolalar uylarida tarbiyalangan qizlarga nisbatan zo‘rlash va ularni ekspluatatsiya qilishda gumon qilinmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, u politsiya garovi asosida ozod qilingan va o‘tgan oy Manchester politsiyasiga borishi kerak bo‘lgan. Biroq “parvoz qilishga sog‘lig‘i yo‘l qo‘ymagani”ni vaj qilib, bormagan. Shu bilan bir vaqtda u Pokistonning Mirpur hududidagi saylovoldi tadbirlarida qatnashgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Ruxsar Ahmad o‘tgan hafta Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rahbarlik qilayotgan Pokiston musulmonlar ligasi (PML-N) partiyasidan Ozod Kashmir qonunchilik assambleyasi deputati etib saylangan.

Tergov kamida 2 nafar ayolning ko‘rsatmalariga asoslangan bo‘lib, ular Ahmadni bolalik chog‘ida zo‘rlagan va odam savdosiga jalb qilganini da’vo qilmoqda. Britaniya politsiyasi uni yaqin olti hafta ichida yana so‘roqqa chaqirishi kutilmoqda. Agar u kelmasa, uni hibsga olish orderi chiqarilishi yoki ekstraditsiya qilish jarayoni boshlanishi mumkin.

Ruxsar Ahmadning o‘zi ayblovlar yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn bilan aloqalari sababli Geyts jamg‘armasi xodimlaridan uzr so‘ragandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing