Tayvanda pedofil va zo‘ravonlar omma oldida kaltaklanishi mumkin

Olam

image

Tayvan parlamenti bir yo‘la uchta referendum, jumladan, jinsiy jinoyatlar va firibgarlik uchun hukm qilingan jinoyatchilarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash, shuningdek, atom energetikasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun ovoz berdi. Referendumlar shu yilning o‘zidayoq bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qaror saylov komissiyasi tomonidan rasman tasdiqlanishi va ovoz berish sanasi belgilanishi kerak. Bu choralar qabul qilingan taqdirda ham, ularning kuchga kirishiga to‘liq kafolat yo‘q.

Tayvanda shahar merlari va okrug rahbarlari uchun mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tadi va, ehtimol, shu kuni uchta referendum ham o‘tkaziladi.

Saylovchilarning qatnashish ko‘rsatkichi hal qiluvchi ahamiyatga ega, shu sababli muxolifat ularni mahalliy saylovlar bilan bir kunda o‘tkazishni xohlamoqda.

Referendum o‘tgan deb topilishi uchun taxminan 20 million ovoz berish huquqiga ega saylovchining kamida 25 foizi unda ovoz berishi kerak. Shu tariqa, kamida 5 million kishi “javobni ma’qullab” ovoz berishi va ularning ovozi qarshi ovozlardan ko‘p bo‘lishi lozim.

Agar referendumlar muvaffaqiyatli o‘tsa, nazariy jihatdan Vazirlar Mahkamasida tegishli qonun loyihasini tasdiqlash uchun parlamentga yuborishga uch oy vaqt bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing