Xitoy Tayvan bo‘g‘ozida jangovar mashg‘ulotlarni boshladi
Olam
−
15:23 890 1 daqiqa
Bugun, 23 iyul kuni Xitoy Futszyan viloyati sohillari yaqinidagi Tayvan bo‘g‘ozining ayrim hududlarida ikki kun davom etadigan jangovar o‘q otish mashqlarini boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Mashqlar AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I o‘rtasida Tayvan masalasi ham muhokama qilingan muzokaralardan bir kun o‘tib boshlanmoqda.
Dengiz ma’muriyati xabariga ko‘ra, mashqlar har ikki kunda mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 18:00 gacha Futszyan viloyatiga tutash Dunshan oroli atrofida, Guandun viloyati chegarasi yaqinida o‘tkaziladi.
Xitoy so‘nggi marta o‘tgan yil dekabr oyida Tayvanni deyarli to‘liq qurshab olgan eng yirik harbiy mashqlarini o‘tkazgan edi. Bu AQSH orol uchun rekord darajadagi 11,1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ paketi ajratilishini e’lon qilganidan keyin amalga oshirilgan.
O‘shanda 10 soat davom etgan jangovar o‘q otish mashqlari chog‘ida Xitoyning Sharqiy harbiy qo‘mondonligi Tayvanning shimoli va janubidagi suv hududlariga raketalar uchirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Tayvan AQSH yordamida mustaqillikka erisha olmasligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tayvan hech qachon davlat bo‘lmagan – na o‘tmishda, na kelajakda davlatga aylanmaydi.
Live
Barchasi