AQSHda xitoylik josus ayol ushlandi. U Tayvan Prezidentining o‘g‘lini kuzatgan
Olam
−
18:39 818 2 daqiqa
AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) Kaliforniyada yashovchi 34 yoshli ayolni Xitoy rasmiylari topshirig‘iga binoan Tayvan Prezidenti Lay Sindening o‘g‘illaridan birini kuzatganlikda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xizer nomi bilan tanilgan ayol Van’in Chjan kecha, 4 oktyabr kuni Los-Anjeles xalqaro aeroportida qo‘lga olingan. U Xitoyga uchib ketish arafasida bo‘lgan. Chjanga xorijiy davlatning ro‘yxatdan o‘tmagan agenti sifatida faoliyat yuritganlik aybi qo‘yilgan.
FQB ma’lumotlariga ko‘ra, Chjan 2025 yilda Xitoy rasmiylari topshirig‘i bilan Sietl shahriga borgan. U yerda Tayvan Prezidentining o‘g‘li va uning oilasini kuzatib, ularning fotosuratlari, videolari hamda avtomobil davlat raqamlari haqidagi ma’lumotlarni Xitoy rasmiylariga yuborgan.
AQSH Markaziy Kaliforniya okrugi bo‘yicha bosh prokurorining birinchi yordamchisi Bill Essaylining aytishicha, Chjan qo‘lga tushmaslik uchun maxsus usullardan foydalangan va xorijiy hukumat topshirig‘i bilan ishlayotganini AQSH rasmiylariga ma’lum qilmagan.
Tayvan prezidentlik idorasi Chjanning harakatlarini “transmilliy repressiyaning odatiy holati” deb atagan va Tayvan fuqarolarini himoya qilgani uchun AQSH hukumatiga minnatdorlik bildirgan.
“Mamlakatimiz inson huquqlari va davlatlar suverenitetini mensimaclikka asoslangan bunday vahshiyona xatti-harakatlarni qat’iy qoralaydi”, degan prezidentlik idorasi vakili Karen Kuo.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi “Reuters”ning izoh so‘rab yuborgan murojaatiga hozircha javob bermagan. Chjanning advokati bor-yo‘qligi hozircha noma’lum. U ertaga, 6 oktyabr kuni Los-Anjelesdagi federal sudda ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lay Sinde va uning Demokratik progressiv partiyasi Tayvanning Xitoydan alohida o‘ziga xosligini ta’kidlab keladi. Pekin esa Tayvanni Xitoy hududi deb hisoblaydi. Lay Sinde orolning kelajagini faqat Tayvan xalqi hal qilishi mumkinligini aytadi.
AQSH Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqalarga ega emas, biroq Vashington orolning eng muhim xalqaro hamkori va asosiy qurol yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Tayvan AQSH yordamida mustaqillikka erisha olmasligini aytgandi.

Live
Barchasi