Xorazmdagi maktabda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi 

3-sahifa

image

Bugun, 29 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasida holat Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lganligi aniqlangan. Shuningdek, voqea vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilayotgani aytilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda Xonqa tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv doirasida o‘quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Jarayon Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ’ga Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklayotgani aks etgan video yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm viloyati Xonqa tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing