Xorazmda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklab, uni tosh bilan quvladi (video)
3-sahifa
−
19 noyabr
6745Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi 7-sonli maktab o‘qituvchisi maktab oldida o‘quvchini kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 7 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Maktabning 5-sinf hamda 7-sinf o‘quvchilari o‘zaro tortishib qolgan. Oqibatda 5-sinf o‘quvchisining onasi, ya’ni shu maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘g‘li bilan janjallashgani uchun 7-sinf o‘quvchini maktab oldida kaltaklagan va ortidan tosh otgan. Holat maktabning kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Bildirilishicha, mazkur pedagogga nisbatan o‘qituvchiga mos bo‘lmagan xatti-harakat qilgani, maktabning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida ayol o‘quvchilar oldida o‘qituvchini do‘pposlagani haqida xabar berilgandi. O‘qituvchini urgan ayolga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.