Xorazmda 4 tup daraxt kesgan fuqaro 27 mln so‘m jarimaga tortildi
3-sahifa
−
10 Sentabr
2821Xorazm viloyatida 4 tup daraxt kesgan fuqaro 27 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida fuqaro T.B. tomonidan 4 tup pavloniya daraxtini qonunga zid tarzda kesganlik holati aniqlangan. Oqibatda tabiatga 10 mln 880 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari – 17 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bitta daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr