Xorazmda bank joylashgan binoda katta yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
25 Sentabr
5017Bugun, 25 sentyabr kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan bank joylashgan binoning ijaraga berilgan yuqori qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, “Navbahor” MFY Tinchlik ko‘chasida joylashgan ushbu binoda soat 11:05 da yong‘in yuzaga kelgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 11:10 da hodisa joyiga yetib borib, alanga soat 11:30 da o‘rab olingan va soat 12:22 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bino tom qismining taxminan 30 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida korxonaning 150 kvadrat metr maydoni zararlanib, amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr