Xoniyaning o‘ldirilishi o‘t ochishni to‘xtatishga hissa qo‘shmadi – Bayden 

Olam

image

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi “o‘t ochishni to‘xtatishga erishish imkoniyatiga yordam bermadi”. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya Milliy razvedka tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirilgan mahbuslarni almashish amaliyoti doirasida mamlakatga qaytgan uch amerikalik bilan uchrashish uchun borgan Endryus havo kuchlari bazasida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Xoniyaga qilingan suiqasd G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish imkoniyatiga qanday ta’sir qilgani haqida so‘ralganda, Bayden “Yo‘q” deb javob berdi.

Bayden Yaqin Sharqda keskinlik kuchayib borayotganidan “juda xavotirda” ekanini aytdi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan shu masalada suhbatlashganini ta’kidladi.

“Suhbat davomida men aniq aytdim. Bizda o‘t ochishni to‘xtatish uchun asos bor. Netanyaxu tegishli qadam tashlashi kerak. Ular ham shu yo‘ldan borishlari kerak”, dedi Prezident Bayden. 

Oq uy matbuot xizmati ham Bayden va Netanyaxu o‘rtasidagi telefon suhbati bo‘lganini ma’lum qildi. Bayonotda Bayden Netanyaxuga Isroil xavfsizligini kafolatlagani, “Prezident Isroilning Eron va HAMAS, “Hizbulloh” va husiylar kabi terrorchilik tarmog‘idan kelayotgan barcha tahdidlardan xavfsizligini ta’minlashga sodiqligini ta’kidladi”.

Ma’lumot uchun, Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniya Eronning yangi saylangan Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga bordi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtidagi Ismoil Xoniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi. Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zlarini tiyadi.

Ismoil Xoniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mashal o‘rnini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya va Покистонда Xoniyaning o‘limi munosabati bilan motam e’lon qilingandi. 

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing